Donald Tramp Kim Chen In bilan uchrashish uchun Singapurga yetib keldi

Amerika prezidenti Donald Tramp Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bilan muzokaralarda ishtirok etish uchun Singapurga yetib keldi. Bu haqda EADaily xabar bermoqda.

Foto: EADaily

ABC News xabariga ko‘ra, prezidentning “1-raqamli bort”i Payya Lebar aviabazasiga qo‘ngan, parvoz esa 20 soatdan ortiq davom etgan.

Trampning samolyoti G7 sammiti o‘tayotgan Kanadadan parvoz qilgan va Amerikaning Kritdagi harbiy bazasidan yoqilg‘i olgan.

Donald Tramp Shimoliy Koreya “agressiyasi” sababli Kim Chen In bilan uchrashuvni ortga surganligiga qaramasdan, tomonlar oxir-oqibat 12-iyun kuni uchrashishga kelishdi. U uchrashuv uchun G7 sammitini muddatidan oldin tark etdi.

Shimoliy Koreya yetakchisi Singapurga tongda yetib keldi. Uning o‘zi, delegatsiya a’zolari, qo‘riqchilar va zirhli avtomobilni Singapurga yetkazish uchun to‘rtta samolyot kerak bo‘ldi.

Qo'shdi: XABAR.INFO
Qo'shilgan vaqt: 10.06.2018 / 22:05
Bosh sahifaga