Buxoroning Qorovulbozor tumanida sud cheklovlarini buzgan ikki shaxs qaytadan qamoqqa olindi

Buxoro viloyatining Qorovulbozor tumanida yashovchi 24 yoshli A.R. va 25 yoshli F.A. o‘g‘irlik jinoyati sodir etib qo‘lga tushadi. Sud jinoyatchilarning yoshini hisobga olib, Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi kafilligi asoslanib qamoq jazosini ozodlikni cheklash jazosiga almashtiradi. Bu haqda “Daryo”ga Qorovulbozor tuman IIO probatsiya xizmati ma’lum qildi.

Foto: “Lragir”

Sud qarori bilan mahkumlarga kech soat 22:00 dan ertalab 06:00 gacha yashash uylaridan chiqmaslik, spirtli ichimlik iste’mol qilmaslik hamda bir qator qo‘shimcha cheklovlar yuklatilgan edi. Shunga qaramasdan, har ikki yigitning yashash manzili Qorovulbozor tuman ichki ishlar organlari probatsiya xizmati xodimlari tomonidan tungi vaqtda tekshirilganda, ular o‘z uyini tark etgani aniqlangan. Ogohlantirishga qaramasdan, bu holat yana bir martadan takrorlangan.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishlari bo‘yicha Qorovulbozor tuman sudining 21-fevral kuni D.Nuraliyev raisligida bo‘lib o‘tgan sud majlisida ikki mahkum ham aybiga to‘liq iqror bo‘lgan. Ularga belgilangan ozodlikni cheklash jazosi qamoq jazosiga almashtirildi.

Qo'shdi: XABAR.INFO
Qo'shilgan vaqt: 14.03.2019 / 20:40
Bosh sahifaga