Samarqandda sayyohlar uchun axborot markazlari tashkil etiladi

2019-yilda Samarqand viloyati sayyohlik salohiyatini oshirish va turizm infratuzilmasini yanada rivojlantirish bo‘yicha yo‘l xaritasi tuzildi. Bu haqda Zarnews xabar bermoqda.

Foto: Zarnews

Yo‘l xaritasiga ko‘ra, Registon majmuasi, Amir Temur maqbarasi, Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi, Samarqand temir yo‘l vokzali va Jartepa nazorat o‘tkazish punktida davlat-xususiy sheriklik asosida axborot markazlari tashkil qilinadi.

Ularda viloyatning turizm salohiyati aks etgan tarqatma materiallar joylashtirilib, sayyohlarga axborot taqdim etiladi.

Qo'shdi: XABAR.INFO
Qo'shilgan vaqt: 14.03.2019 / 20:53
Bosh sahifaga