Germaniyada tornado o‘nlab uylarni vayron qildi

Germaniyaning g‘arbiy qismidagi Ryotgen shahrida kuchli tornado bo‘lib o‘tdi. Natijada 5 kishi jarohat oldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.

Foto: “Korrespondent.net”

Shuningdek, tornado o‘ttizga yaqin uyni vayron qilgan. Ko‘pgina binolarning derazasi singan. 10 ta uyning yashovchilarini evakuatsiya qilishga to‘g‘ri kelgan. Mahalliy mehmonxona egasi zarar ko‘rganlarga bepul turar joy taklif qilgan. Yana bir vaqtinchalik turar joy maktabda tashkil qilingan.

Xabarda aytilishicha, keng ko‘lamli vayronkor tornado Germaniya uchun kamdan kam holat. Shunga qaramay, nemis meteorologlari o‘tgan yili mamlakatda 17 tornadoni qayd etgan.

Qo'shdi: XABAR.INFO
Qo'shilgan vaqt: 14.03.2019 / 21:40
Bosh sahifaga