Hindistonda piyodalar ko‘prigi quladi, 16 kishi jarohatlandi

Hindistonning Mumbay shahrida piyodalar ko‘prigi qulab tushdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.

Foto: “Korrespondent.net”

Xabarda aytilishicha, ko‘prik qulashi natijasida kamida 16 kishi jarohat olgan.

Voqea Chxatrapati Shivaji vokzali yaqinida sodir bo‘lgan.

Hozirda voqea joyida qutqaruvchilar ish olib bormoqda.

Avvalroq, Gretsiyada suv toshqini natijasida eski ko‘prik qulagan edi. U 11 yil avval Krit oroli ustiga qurilgan.

Shuningdek, Ruminiyada ham piyodalar ko‘prigi vayron bo‘lgan. Temir yo‘l ustiga qulagan ko‘prik bir necha soatga Buxarest va Moldova o‘rtasidagi qatnovni to‘xtatib qo‘ygan.

Qo'shdi: XABAR.INFO
Qo'shilgan vaqt: 14.03.2019 / 22:07
Bosh sahifaga