“Hunarmand” uyushmasi Butunjahon hunarmandchilik kengashiga a’zo sifatida qabul qilindi

O‘zbekistonning Kuvaytdagi elchisi Bahrom A’loyev Butunjahon hunarmandchilik kengashining Osiyo-Tinch okeani mintaqasi bo‘yicha prezidenti Gada Kaddumi bilan uchrashdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: TIV matbuot xizmati

Gada Kaddumi O‘zbekiston tomoni murojaatiga binoan Hunarmand uyushmasi joriy yil mart oyida shtab-kvartirasi Londonda joylashgan Butunjahon hunarmandchilik kengashiga a’zo sifatida qabul qilinganini ma’lum qildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston hukumatining Qo‘qon shahrida 2019-yil sentyabrida hunarmandlar xalqaro festivali o‘tkazish tashabbusi qo‘llab-quvvatlandi. Tadbirga kengashga a’zo davlatlar hunarmandlarini taklif etishga ko‘maklashish tayyor ekanligi bildirildi.

Muzokaralar yakuni bo‘yicha Qo‘qon shahriga dunyo hunarmandlari shahri maqomini berish yuzasidan hamkorlikda ish boshlashga kelishib olindi.

Qo'shdi: XABAR.INFO
Qo'shilgan vaqt: 14.03.2019 / 22:37
Bosh sahifaga