Nyu-Yorkda yo‘ltanlamasni olib qochgan o‘smir 3 kishining o‘limiga sabab bo‘ldi

Nyu-York shtatida 15 yoshli o‘smir Chevy Trailblazer yo‘ltanlamasini olib qochdi va boshqaruvni yo‘qotib yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Avariya oqibatida uch kishi halok bo‘ldi, deb yozadi ForumDaily.

Foto: ForumDaily

Yuniondeyl aholi punktida yashovchi 15 yoshli o‘smir yo‘ltanlamasni olib qochdi va o‘zi bilan birga to‘qqiz yo‘lovchi: sakkiz nafar o‘smir va chaqaloqni olib ketdi. Biroq u boshqaruvni yo‘qotib, avariyani keltirib chiqardi. Oqibatda haydovchining ukasi 13 yoshli David Sanches, yo‘ltanlamas egasining o‘g‘li 15 yoshli Marton Karbadjal va 16 yoshli Gerbert Leo Avilles halok bo‘ldi.

Haydovchi, 13 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan yana besh nafar o‘smir va 18 oylik bola turli darajada og‘irlikdagi jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizildi.

Nyu-York shtati politsiyasiga ko‘ra, mashina bir necha marta ag‘darilib ketgan va botqoqlikka qulagan. Politsiya avtomobil qanday tezlikda harakatlanganligini aniqlash uchun surishtiruv olib bormoqda.

Qo'shdi: XABAR.INFO
Qo'shilgan vaqt: 10.06.2018 / 21:51
Bosh sahifaga