Braziliya Jezus, Neymar, Koutinyo triosi​ gollari sabab Avstriyani tor-mor etdi (video)

Bugun, 10-iyun sanasida Braziliya terma jamoasi Avstriya termasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushib, yirik hisobda g‘alaba qozondi.

Foto: Twitter/@BrazilFootball

Gollarga Gabriel Jezus, Neymar va Filippe Koutinyo mualliflik qildi.

Jahon Chempionatidan quruq qolgan Avstriya terma jamoasi esa 7 ta g‘alabadan iborat seriyasini yakunladi. Jamoa 2016-yil noyabridan beri birinchi marta o‘z uyida yutqazdi.

Ma’lumot uchun Rossiyadagi mundial guruh bosqichida Braziliya termasi Shveysariya (17-iyun kuni)ga qarshi ilk o‘yinda maydonga tushadi. Keyinroq esa Kosta-Rika (22-iyun kuni) va Serbiya (27-iyun kuni) terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

O‘rtoqlik uchrashuvi

10-iyun, yakshanba

Avstriya – Braziliya 0:3

Gollar: 0:1 – 36 Gabriel Jezus, 0:2 – 63 Neymar, 0:3 – 69 Koutinyo.

Avstriya: Lindner, Predl, Xinteregger, Alaba, Dragovich (Danzo, 70), Shopf (Xirlender, 58), Baumgartlinger, Shlager (Burgshtaller, 58), Grillich (Jul, 66), Arnautovich, Layner.

Braziliya: Alisson, Tiago Silva (Markinyos, 60), Marselo (Filipe Luis, 67), Danilo, Miranda, Kazemiro (Fernandinyo, 61), Paulinyo, Koutinyo (Tayson, 76), Villian, Gabriel Jezus (Firmino, 67), Neymar (Duglas Kosta, 84).

Ogohlantirishlar: Shopf (38), Predl (54), Neymar (63).

Qo'shdi: XABAR.INFO
Qo'shilgan vaqt: 10.06.2018 / 21:50
Bosh sahifaga