Fotogalereya: O‘tmishda buyuk imperiya bo‘lgan zamonaviy kichik davlatlar

Dunyoning ko‘plab davlatlari o‘z tarixi davomida taraqqiyot va tanazzulni boshdan o‘tkazgan. Dunyoning zamonaviy siyosiy xaritasi uzoq tarixiy jarayonlar natijasi hisoblanadi. TravelAsk o‘tmishda buyuk imperiya bo‘lgan, bugun esa kichik hududga ega bo‘lgan davlatlar haqida hikoya qildi.

Armaniston

Foto: TravelAsk

Zamonaviy Armaniston — kichik, maydoni 29,743 ming kilometr kvadratni tashkil qiluvchi Kavkazdagi dengiz portiga ega bo‘lmagan davlat. U maydoni bo‘yicha dunyoda 138-o‘rinni egallaydi. Miloddan avvalgi 80—70-yillarda Buyuk Armaniston Kaspiy dengizi bo‘ylaridan Quddusgacha cho‘zilgan hududni egallagan va o‘z ichiga zamonaviy Suriya, Falastin, Turkiyaning bir qismi, Eron va Iroqni olgan.

Foto: TravelAsk

Yaponiya

Foto: TravelAsk

Yaponiya Tinch okeanidagi shu nomli arxipelagda joylashgan va taxminan 378 ming kilometr kvadrat maydonga ega. Maydoni bo‘yicha dunyoda 61-o‘rinda turadi. Ikkinchi jahon urushidagi mag’lubiyatga qadar Yaponiya imperiyasi Kuril orollaridan Indoneziyagacha cho‘zilgan va Bangladesh, Filippin, Tailand, Vyetnam, Malayziya va Indoneziya kabi davlatlarni to‘liq egallagan.

Foto: TravelAsk

Italiya

Foto: TravelAsk

Rim imperiyasining merosxo‘ri bo‘lgan Italiya Apenin yarimorolini egallab turadi va 301,340 ming kilometr kvadrat maydonga ega — kattaligi bo‘yicha 71-o‘rinda. Rim imperiyasi o‘zining eng baland cho‘qqisiga chiqqan vaqtda davlat hududi Britaniya orollaridan Kaspiy dengizigacha cho‘zilgan edi.

Foto: TravelAsk

Portugaliya

Foto: TravelAsk

Zamonaviy Portugaliya Pireney yarimorolining g‘arbiy qismida joylashgan va 92,151 ming kilometr kvadrat maydon bilan dunyoda 102-o‘rinda turadi. O‘rta asrlarda Portugaliya dengiz hukmdori bo‘lgan va sayyoraning turli mintaqalarida katta koloniyalarga ega bo‘lgan.

Foto: TravelAsk

Niderlandiya

Foto: TravelAsk

Yevropadagi kichik davlat bo‘lgan Niderlandiya 41,543 ming kilometr kvadrat maydon bilan dunyoda 131-o’rinda turadi. Niderlandiya Buyuk Britaniya bilan dengizda raqobat qilgan va XX asrga qadar ulkan koloniyalarga egalik qilgan.

Foto: TravelAsk

Makedoniya

Foto: TravelAsk

Zamonaviy Makedoniyani hamma ham xaritadan ko‘rsatib bera olmaydi. Bolqon yarimorolida joylashgan davlat 25,333 ming kilometr kvadrat maydon bilan dunyo mamlakatlari orasida 145-o‘rinni egallab turadi. Biroq Aleksandr Makedonskiy hukmronligi davrida Makedoniya qirolligi Yevropadan Hindistongacha bo‘lgan ulkan hududni egallagan.

Foto: TravelAsk

Tibet

Foto: TravelAsk

Tibet avtonom hududi Xitoyning g‘arbida joylashgan. Bugungi kunda Tibet o‘z mustaqilligini yo‘qotgan, biroq hudud hanuzgacha Xitoy hukumatini tan olmaydi. Tibet VII—XI asrlarda Mog‘ulistondan Hind okeanigacha cho‘zilgan o‘zining eng katta hududiga egalik qilgan.

Foto: TravelAsk

Qo'shdi: XABAR.INFO
Qo'shilgan vaqt: 11.06.2018 / 06:00
Bosh sahifaga