Ravon avtomobillari Rossiyada yig‘ila boshlanadi

O‘zbekistonning Ravon brendi Rossiyaning Derways zavodi bilan o‘z modellarini сherkes korxonasida yig‘ish bo‘yicha kelishuv imzoladi. Bu haqda “Izvestiya” xabar berdi.

Foto: “TASS”

Xabarda ta’kidlanishicha, ayni paytda Ravon konveyerini yig‘ish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Yozning o‘rtalaridan boshlab modelni pilot loyihasi doirasida yig‘ish boshlanadi, keng miqyosli ishlab chiqarish esa yil oxirlariga borib yo‘lga qo‘yish mo‘ljallangan.

Qayd etilishicha, joriy yilda Rossiya bozoriga faqatgina O‘zbekistondan import qilingan avtomobillar keltiriladi.

Ravon avtomobillarini 2018-yilning may oyidan boshlab Rossiyaga eksport qilish to‘xtatilgan edi. Kompaniya buni narx-navoning qayta ko‘rib chiqilishi va kompaniya biznes modelining sezilarli ravishda o‘zgargani bilan izohlagan. Ammo joriy yilning boshida ushbu rusumdagi mashinalar yana Rossiyaga yetkazish boshlangani haqida xabar tarqalgan.

Ta’kidlash joizki, Ravon rasmiy saytida kelishuv haqida hech narsa ma’lum qilinmagan.

Qo'shdi: XABAR.INFO
Qo'shilgan vaqt: 15.04.2019 / 10:31
Bosh sahifaga