Messi La Ligada jarima zarbasidan gol urish borasida yetakchi, Grizmann esa uni ta’qib qilishda davom etmoqda

13-aprel, shanba kuni futbol bo‘yicha Ispaniya chempionatining 32-turida “Atletiko” o‘z maydonida “Selta”ni mag‘lub etdi (2:0).

Foto: Twitter/@atletienglish

Madridliklar hujumchisi Antuan Grizmann uchrashuvning 42-daqiqasida standart vaziyatdan gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Bu uning joriy mavsum La Ligadagi standart vaziyatdan urilgan 3-goli (11 ta urinishdan) bo‘ldi. Avvalroq fransiyalik “Sevilya” hamda “Leganes” darvozalarini ham jarima zarbasidan ishg‘ol qilgandi.

Bu ko‘rsatkichda “Barselona” hujumchisi Lionel Messi yetakchi hisoblandai. Uning hisobida 38 ta urinishdan 6 ta standart vaziyatdan urilgan gol mavjud.

Eslatib o‘tamiz, Antuan Grizmann joriy mavsum Ispaniya chempionatida 32 ta o‘yinda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va 10 ta golga assistentlik qildi.