Transport va logistikani rivojlantirish muammolarini o‘rganish markazining ustavi tasdiqlandi

Hukumat qarori bilan Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish muammolarini o‘rganish markazining ustavi tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” Telegram-kanali xabar berdi.

Foto: Norma

Hujjatga muvofiq, Markaz faoliyatining asosiy maqsadi transport va logistikani rivojlantirish sohasida muammolarni tizimli asosda o‘rganish hisoblanadi.

Markaz transport va yo‘l xo‘jaligi sohasida xavfsizlikni oshirish bo‘yicha innovatsion texnologiyalar va intellektual transport tizimlarini joriy etadi.

Ustav bilan markaz faoliyatning asosiy funksiyalari, huquq va majburiyatlari belgilab berildi.

Markazga transport vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va ozod etiladigan direktor boshchilik qiladi.

Qo'shdi: XABAR.INFO
Qo'shilgan vaqt: 15.04.2019 / 11:29
Bosh sahifaga