Ko‘ksaroyda Qozog‘iston prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tmoqda

Ko‘ksaroy qarorgohida Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tmoqda.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Shavkat Mirziyoyev va Qosim-Jo‘mart To‘qayev shohsupaga ko‘tarildi.

Har ikki davlat madhiyasi yangradi. Davlat rahbarlari delagatsiya a’zolari bilan tanishmoqda. Marosim davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘iston prezidenti 14-aprel kuni davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi.

[fbvideo link="

Qo'shdi: XABAR.INFO
Qo'shilgan vaqt: 15.04.2019 / 11:56