Samarqanddan Qozog‘istonga avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi

O‘zbekiston va Qozog‘istonni bog‘lovchi yangi xalqaro “Samarqand—Turkiston” avtobus qatnovi ishga tushirildi. Bu haqda Samarqand viloyati hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Foto: Samarqand viloyati hokimligi axborot xizmati

Reyslar har kuni soat 18.00 dan “Oltin O‘rda” avtovokzalidan “Samarqand” avtovokzaligacha qatnaydi. Avtobus Chimkent, Guliston va Jizzax shaharlarida to‘xtab o‘tadi.

Ushbu yo‘nalishning ochilishi O‘zbekiston va Qozog‘istonga sayyohlar oqimi oshishiga yordam berishi kutilmoqda.

Qo'shdi: XABAR.INFO
Qo'shilgan vaqt: 15.04.2019 / 11:45
Bosh sahifaga