Boks. O‘zbekistonlik Ravshanbek Umrzoqov filippinlik raqibni 2-raundda nokautga uchratib, chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi (video)

Professional boksning yengil (-61,23 kg) vazn toifasi vakili o‘zbekistonlik Ravshanbek Umrzoqov (8 ta g‘alaba, 7 ta nokaut) o‘zining navbatdagi jangida chempionlik kamari uchun ringga chiqdi. Bu haqda GoSport xabar berdi.

Foto: RCC Boxing Promotions

13-aprel kuni Moldova poytaxti Kishinyov shahridagi Yengil atletika yopiq manejida bo‘lib o‘tgan WBA Asia chempionlik kamari uchun jangda Umrzoqov filippinlik Roberto Gonsalesga (28 ta g‘alaba, 5 ta mag‘lubiyat, 17 ta nokaut) qarshi ringga kotarilib, raqibini ikkinchi raunddayoq nokautga uchratdi.

Natijada Umrzoqov faoliyatidagi dastlabki chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, Ravshanbek Umrzoqov so‘nggi marta 22-fevral kuni Yekaterinburgda bo‘lib o‘tgan boks oqshomida ringga chiqib, boshqa bir filippinlik bokschi Rimar Metudani (12 ta g‘alaba, 5 ta durang, 1 ta mag‘lubiyat, 7 ta nokaut) 4-raundda nokautga uchratgandi.