Alla Pugachyova 70 yoshni qarshi oldi (video)

Alla Pugachyova 70 yoshni qarshi oladi, deb yozmoqda “Vesti.ru”.

Foto: “TASS”

U 15-aprel kuni Moskvada tug‘ilgan. Alla yoshligidanoq musiqaga qiziqqan va besh yoshligidayoq Dom Soyuzov zalida o‘tkazilgan konsert dasturida ishtirok etgan.

Alla Mixail Ippolitov-Ivanov nomidagi musiqa maktabida o‘qigan. 1966-yilda shu o‘qishning dirijor-xor bo‘limini tamomlagan.

Keyinchalik, 1981-yilda Anatoliy Lunacharskiy nomidagi Davlat teatr san’ati instituti (hozirgi GITIS)ning “Estrada rejissurasi” mutaxassisligini bitirgan.

Alla 16 yoshligida Umumittifoq radiosining “Xayrli tong” dasturi uchun “Robot” qo‘shig‘ini yozgan, bir yil o‘tgach esa “Yoshlik” radiostansiyasi jamosi bilan birga G‘arbiy Sibir bo‘ylab o‘zining dastlabki gastrol safariga otlangan.

U yakkaxon ijodkor bo‘lishidan avval “Noviy elektron”, “Moskvichi”, “Ritm” kabi ko‘plab jamoalar bilan birga qo‘shiq kuylagan.

O‘z ijodiy faoliyati davomida Alla Pugachyova qo‘shiqlari yozilgan yuzdan ortiq plastinkalar, CD va DVD disklar chiqargan.

Qo'shdi: XABAR.INFO
Qo'shilgan vaqt: 15.04.2019 / 12:35
Bosh sahifaga