Adliya vazirligi: Hokimlik tomonidan buzilayotgan uylar uchun berilayotgan kafolat xatlari qonuniy kuchga ega emas

Hokimlik tomonidan xususiylashtirilgan uylarning (ko‘p qavatli xonadonlarning) davlat ehtiyojlari uchun buzishda beriladigan kafolat xatlari noqonuniy, deya ma’lum qilinadi Adliya vazirligi hujjatida.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Ma’lum qilinishicha, buzilgan uylar bo‘yicha kompensatsiya pullari va boshqa xarajatlar Uy-joy kodeski hamda Prezidentning 1-avgust 2018-yilda qabul qilingan PF-5495 “O‘zbekiston Respublikasida investitsiya muhitini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga asosan amalga oshiriladi.

Mazkur qonun-hujjatlarida yer uchastkalarini olib qo‘yishda jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan turar joy va ishlab chiqarish binolari, boshqa imoratlar va inshootlarning buzilishiga ko‘chmas mulkning bozor qiymati va olib qo‘yish sababli mulkdorga yetkazilgan zararning o‘rni to‘liq qoplanganidan keyin ruxsat berilishi ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, 1-sentabrdan e’tiboran davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini olib qo‘yish to‘g‘risida qaror qabul qilishga faqat yer uchastkasi olib qo‘yilishi rejalashtirilayotgan manfaatdor shaxslar bilan ochiq muhokama o‘tkazilganidan, shuningdek, foyda va xarajatlar baholanganidan keyin yo‘l qo‘yilishi ko‘rsatilgan.

Shahar hokimi tomonidan berilgan kafolat xati, aholiga tegishli bo‘lgan turar joy binolari davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini olib qo‘yish qonunda ko‘z tutilmagan.

Bundan tashqari, Adliya vazirligi tomonidan berilgan rasmiy javobda, kafolat xati bilan fuqaroga berilgan uy-joy uning tasarrufiga o‘tishi belgilanmagan.

Qo'shdi: XABAR.INFO
Qo'shilgan vaqt: 15.04.2019 / 14:34
Bosh sahifaga