Veloxizmat.uz — O‘zbekistondagi ilk velosiped internet onlayn do‘koni haqida bilasizmi?

Bilasiz, velosipedlar ekologiyaga zarar bermaydi, ortiqcha xarajat talab qilmaydi, sog‘lom hayot kechirish uchun har tomonlama foydali bo‘lgan ulov turi hisoblanadi.

Dunyoning rivojlangan, aholisi ko‘p mamlakatlarda bu ulovga bo‘lgan e’tibor yuqori darajada ekanligi hech kimga sir emas. Keyingi vaqtlarda yurtimizda ham velosipedga bo‘lgan e’tibor keng tarzda ommalashmoqda.

Shaharlarda aholining soni o‘sib borishi, yo‘llarda tirbandliklarning oldini olish, asabiylashmasdan manzilga yetib borishning yagona yo‘li bu VELOxizmat.uz onlayn internet do‘koniga qo‘ng‘iroq qilish hamda buyurtma berishdan boshlanadi.

Sizlarga sifatli xizmat qilish uchun bor imkoniyatimiz bilan harakat qilamiz.

O‘zbekistondagi www.veloxizmat.uz internet do‘koni sizlarga keng turdagi velosipedlar, ularning ehtiyot qismlari hamda aksessuarlarini yetkazib berish bilan shug‘ullanadi.

Endi do‘konlardan qidirib yurmaysiz. Turgan joyingizda VELOxizmat.uz internet do‘koni orqali buyurtma berishingizning o‘zi kifoya.

VELOSIPEDLAR

– Bolalar uchun

– O‘smirlar uchun

– Ayollar uchun

– Kattalar uchun

– Tog‘li yo‘llar uchun

– Sport velosipedlari va boshqalar

Bundan tashqari do‘konimizdan

– Kolyaskalar

– Samokatlar

– Giroskuterlar

– Aksessuarlar va veloehtiyot qismlarini xarid qilishingiz mumkin.

Hozirgi vaqtda internet do‘kon Toshkent shahri, Buxoro va Surxondaryoda o‘z filiallarini ochdi va shu hududlar bo‘ylab buyurtmalar bepul yetkazib beriladi.

Qolgan hududlar kelishuv asosida.

To‘lovlar istalgan turda amalga oshiriladi: terminal, naqd, pul o‘tkazish yo‘li, Payme, Click.

Bundan tashqari bizni quyidagi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz orqali kuzatib borishingiz mumkin.

Facebook

Instagram

Telegram

Sizlarni ushbu do‘konda ko‘rishdan xursand bo‘lamiz.

VELOxizmat.uz internet do‘konidan velosiped xarid qilish uchun 5 ta sabab va qulaylik!

— Aldanib qolishdan xavotirlanmang! Sizga mahsulot yoqmay qolgan taqdirda 3 kungacha qaytarib berish yoki almashtirib olish imkoniyati mavjud.

— Bozordagi velosipedlarning aksariyat (90%) qismi aynan bir joyda! Siz 100 turdan ziyod velosipedlardan o‘zingizga yoqqanini bir joyda topishingiz mumkin.

— Xolis maslahat! Sotuvchilariga nisbatan ishonchsizliklar, saygaklar, yo‘ldagi tirbandliklar, noto‘g‘ri tavsiyalar. Xullas, jamiki sizni asabiylashtirib toliqtiradigan holatlarning yo‘qligi.

— Yetkazib berish xizmatining mavjudligi! Vaqt — bebaho ne’mat. Bu xizmatdan foydalaning va qimmatli vaqtingizni tejab qoling.

—Albatta, eng muhimi bu narx-navo masalasi! Siz bundan xavotirlanmang. Bizdagi narxlar bozor narxlaridan imkon qadar past.

E’tirozlar albatta inobatga olinadi.

Reklama huquqi asosida.

Qo'shdi: XABAR.INFO
Qo'shilgan vaqt: 15.04.2019 / 15:00
Bosh sahifaga