Muftiy Muhammad Taqiy Usmoniy O‘zbekistonga keldi

Islom dunyosining mashhur olimi, muftiy Muhammad Taqiy Usmoniy O‘zbekistonga keldi. Bu haqda “Islom.uz” xabar bermoqda.

Foto: “Islom.uz”

Shayxulislom Moskva tashrifidan so‘ng to‘g‘ri Buxoroga yo‘l oldi. U Buxoro aeroportida hurmat va ehtirom ila kutib olindi.

Mehmon tungi Buxoroi sharifning diqqatga sazovor joylari, xususan, Eski shahar, qadim madrasalar va masjidlar, Mir Arab madrasasini tomosha qildi.

Foto: “Islom.uz”

Xufton namozi Masjidi Kalonda Muhammad Taqiy Usmoniy ishtirokida ado etildi. Shu asnoda mehmonning birinchi kungi ziyoratlari o‘z nihoyasiga yetdi.

Foto: “Islom.uz”

Ma’lumot uchun, Muhammad Taqiy Usmoniy 1943-yilda Hindistonda tug‘ilgan, silsilasi Usmon ibn Affonga borib taqaladi. Pokistonning Karachi shahridagi Islom universiteti prorektor bo‘lib ishlab kelmoqda. Dunyoning eng nufuzli 500 musulmoni ro‘yxatiga kiritilgan.

Foto: “Islom.uz”

Eslatib o‘tamiz, joriy yil 22-mart kuni Karachida Muhammad Taqiy Usmoniyga suiqasd uyushtirilgani, uning ikki tansoqchisi halok bo‘lib, o‘zi va nabirasi omon qolgani haqida xabar berilgandi.

Qo'shdi: XABAR.INFO
Qo'shilgan vaqt: 15.04.2019 / 16:00
Bosh sahifaga