Avtoraqamlarni onlayn auksion orqali sotish o’sdi

8-apreldan 14-aprelgacha bo‘lgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 869 ta avtomobil raqamlari sotildi, deb xabar berdi Spot.

Foto: Spot

Qayd etilishicha, sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 3,8 milliard so‘mdan ortiqni tashkil etgan.

Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning qariyb 19 foizi birinchi toifadagi avtoraqamlarga, 49 foizi ikkinchi va 32 foizi uchinchi toifa avtoraqamlarga tegishli.

Sotib oluvchilar orasida yetakchilikni Toshkent shahri va Toshkent viloyati avto havaskorlari egallagan bo‘lib, ularning tuzilgan bitimlar sonidagi ulushi 25 foizga teng. Ikkinchi o‘rinda 18 foiz ulush bilan Andijon viloyatining avto havaskorlari, 9 foiz bilan Samarqand viloyatining avto havaskorlariga joylashgan.

Qolgan hududlarning ulushi 48 foizga teng.

Avvalroq “Ko‘zgusimon avtoraqamlar”ni 1 mln so‘m boshlang‘ich narx bilan auksionga qo‘yish taklif qilingani haqida xabar bergan edik.

Qo'shdi: XABAR.INFO
Qo'shilgan vaqt: 15.04.2019 / 17:38
Bosh sahifaga