Namanganda Sinov va sertifikatlashtirish markaziga media-tur o‘tkazildi

“O‘zstandart” agentligi matbuot xizmatining tashabbusi bilan OAV xodimlariga Namangan Sinov va sertifikatlashtirish markaziga media-tur tashkil etildi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: “O‘zstandart” agentligi matbuot xizmati

Unda markazning viloyat korxonalariga sifat menejmenti tizimlarini joriy etishi, metrologiya, mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish va mahsulotlarni eksport qilishga ko‘maklashish yuzasidan tahliliy yangiliklar taqdimoti bo‘lib o‘tgan.

Ta’kidlanishicha, joriy yil birinchi choragida 36,676 ming so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlarining yaroqsizligi aniqlangan.

Media-tur ishtirokchilari, shuningdek, viloyatdagi bir necha ishlab chiqarish korxonalarida ham bo‘lib, ularning markaz bilan amaliy hamkorlikdagi ishlari bilan yaqindan tanishdi.

Xabarda aytilishicha, bunday media-turlar boshqa markazlarda ham o‘tkaziladi.

Foto: “O‘zstandart” agentligi matbuot xizmati

Foto: “O‘zstandart” agentligi matbuot xizmati

Foto: “O‘zstandart” agentligi matbuot xizmati

Foto: “O‘zstandart” agentligi matbuot xizmati

Qo'shdi: XABAR.INFO
Qo'shilgan vaqt: 16.04.2019 / 09:37
Bosh sahifaga