“Arsenal” mehmonda g‘alaba qozonib, APL jadvalida 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi (video)

15-aprel, seshanba kuni futbol bo‘yicha Angliya chempionatining 34-turining so‘nggi o‘yinida Unai Emeri qo‘l ostidagi Londonning “Arsenal” klubi “Uotford” maydoniga safar qildi.

Foto: Twitter

Bellashuvda yagona gol 10-daqiqada “to‘pchilar” hujumchisi Pyer-Emerik Obameyang tomonidan kiritildi. Shu tariqa londonliklar mehmonda kechgan bahsda “Uotford”dan kichik hisobda ustun keldi (1:0) va 66 ochko to‘plagan holda musobaqa jadvalida 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi.