La Liga. “Real Madrid” “Leganes”ni yuta olmadi (video)

15-aprel, dushanba kuni futbol bo‘yicha Ispaniya chempionatining 32-turida Zinedin Zidan boshliq Madridning “Real” klubi safarda “Leganes” bilan bahsga kirishdi.

Foto: Twitter/@realmadriden

Uchrashuvning 45-daqiqasida mezbon jamoa himoyachisi Jonatan Kristian Silva hisobni ochgan bo‘lsa, 51-daqiqaga kelib “Qirollik klubi” hujumchisi Karim Benzema hisobni tenglashtirdi (1:1).

Shu tariqa madridliklar mazkur turda “Leganes” bilan durang o‘ynadi va jamoalar bir ochkodan bo‘lishib oldi.