YChL. “Barselona” bugun o‘z uyida “Man Yunayted”ni, “Yuventus” esa “Ayaks”ni qabul qiladi

16-aprel, seshanba kuni futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasi 1/4 finalining dastlabki 2 ta javob o‘yini bo‘lib o‘tadi.

Foto: Google Images

Ernesto Valverde qo‘l ostidagi Kataloniyaning “Barselona” klubi “Kamp Nou”da Ole-Gunnar Sulsher boshliq “Manchester Yunayted” bilan musobaqa yarim finali uchun kurash olib boradi.

Eslatib o‘tamiz, dastlabki bahsda kataloniyaliklar safarda “qizil iblislar”ni himoyachi Lyuk Shouning avtogoli evaziga mag‘lubiyatga uchratgandi (1:0).

Shu kuni Krishtianu Ronaldu yetakchiligidagi Turinning “Yuventus” klubi o‘z maydonida Amsterdamning “Ayaks” jamoasi bilan musobaqaning navbatdagi bosqich yo‘llanmasi uchun bahsga kirishadi. Ikkala uchrashuv ham Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.

Ma’lumot uchun, “keksa sinyora” chorak finalning ilk bellashuvida niderlandiyaliklar bilan durang o‘ynagandi (1:1).

YChL

1/4 final bahslari

16-aprel, seshanba

“Barselona”—“Manchester Yunayted” 00:00 (1:0)

“Yuventus”—“Ayaks” 00:00 (1:1)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

Qo'shdi: XABAR.INFO
Qo'shilgan vaqt: 16.04.2019 / 10:40
Bosh sahifaga