O‘zsanoatqurilishbank – investitsion loyihalarni moliyalashtirishda eng yaxshi bank

O‘zsanoatqurilishbank “BankExpo – 2019” milliy ko‘rgazmasida “Investitsion loyihalarni moliyalashtirishda eng yaxshi bank” nominatsiyasi bo‘yicha taqdirlandi.

Poytaxtimizdagi “O‘zekspomarkaz” majmuasida uch kun davom etgan “BankExpo-2019” milliy ko‘rgazmasida O‘zsanoatqurilishbank ham faol ishtirok etdi. Ayniqsa, bank stendiga tadbirkor va investorlarning qiziqishi katta bo‘ldi.

Bank stendining “Kredit supermarketi” hamda “Maslahat burchagi” bo‘limlarida tashrif buyuruvchilarga bank mahsulotlari, shu jumladan xorijiy kredit liniyalar xususida batafsil ma’lumot berildi.

Bugungi kunda O‘zsanoatqurilishbank tomonidan Yevropaning Credit Suisse (Shveysariya), Raiffeisen Bank International AG (Avstriya), Landesbank Baden-Wuerttemberg, Commerzbank, ODDO BHF, KFW Ipex-Bank (Germaniya), Gazprombank (Rossiya) shuningdek, Xitoy, Turkiya va Janubiy Koreya Eksimbank’larining xorijiy kredit liniyalari taklif qilinmoqda.

Joriy yilda Xalqaro Islom savdo-moliya korporatsiyasi, “Shinhan Bank” (Xitoy), “AK BARS Bank” (Rossiya)lar bilan savdoni moliyalashtirish yo‘nalishida istiqbolli kelishuvlarga erishildi.

Bank qoshida mahalliy tadbirkorlar va chet ellik investorlarining investitsiya faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan Investitsiya faoliyatini muvofiqlashtirish va loyihalarni boshqarish markazi muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda.

Markaz xodimlari investorlarga o‘z sarmoyalarini istiqbolli biznesga samarali yo‘naltirishga texnik jihatdan ko‘maklashmoqda. E’tiborlisi, markaz zimmasidagi ushbu xizmatlar “Yagona darcha” tamoyili asosida “kredit supermarketi” sifatida ko‘rsatilmoqda.

“BankExpo-2019” ko‘rgazmasida O‘zsanoatqurilishbankning yangi brend ostidagi stendida, shuningdek, muassasa tizimida olib borilayotgan transformatsiya jarayonlari to‘g‘risida mufassal ma’lumot berildi.

Veb-sayt: https://uzpsb.uz/

Facebook: facebook.com/sqbuz

Telegram: https://t.me/sqbuz

Instagram: instagram.com/sqbuz

Bank axborot xizmati

Reklama huquqi asosida.

Qo'shdi: XABAR.INFO
Qo'shilgan vaqt: 16.04.2019 / 12:00
Bosh sahifaga