Samarqandni yana suv bosdi (foto)

16-aprel kuni tong sahardan boshlab yoqqan yomg‘ir oqibatida Samarqand shahrining bir qator ko‘chalarini yana suv bosdi, deb xabar berdi “Xalq so‘zi Online”.

Foto: “Xalq so‘zi Online”

Qayd etilishicha, xalq tilida “Makaronka” nomi bilan mashhur bo‘lgan ko‘chadagi drenaj tizimlari ham yig‘ilgan suvga dosh bera olmagan.

Eslatib o‘tamiz, 29-mart kuni ham Samarqandda kuchli yomg‘ir yog‘ishi natijasida yo‘llarni suv bosgan. Suv hattoki ko‘plab xonadonlarning ham ichigacha kirib borgani tasvirlangan videolar tarqalgandi.

Foto: “Xalq so‘zi Online”

Foto: “Xalq so‘zi Online”

Foto: “Xalq so‘zi Online”

Foto: “Xalq so‘zi Online”

Foto: “Xalq so‘zi Online”

Foto: “Xalq so‘zi Online”

Qo'shdi: XABAR.INFO
Qo'shilgan vaqt: 16.04.2019 / 12:32
Bosh sahifaga