Audi Q8 krossoveri taqdim etildi (foto)

Audi kompaniyasi yangi Q8 krossoverini taqdim etdi. Model taqdimoti Xitoyning Shenchjen shahrida maxsus marosimda bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Motor” xabar qildi.

Foto: “Motor”

Foto: “Motor”

Yangi mashinaning gabarit uzunligi 4,99 metrni, eni — ikki, balandligi esa 1,71 metrni tashkil qiladi.

Q8 faqat besh o‘rinli bo‘lishi mumkin, biroq Q7 kabi yetti o‘rinlini ham buyurtma qilish mumkin. Yangi Audi yukxonasining hajmi orqa eshiklar ko‘tarilgan holatda 605 litrni, yig‘ilgan holatda esa 1755 litrni tashkil qiladi. Avtomobilning dizel dvigatelli modifikatsiyasi 2145 kilogramm vaznga ega.

Foto: “Motor”

Foto: “Motor”

Foto: “Motor”

To‘liq uzatmali avtomobil uch litr sig‘imli benzin va dizel dvigatelli talqinda taqdim etilgan. Ular mos ravishda 340 va 286 ot kuchiga ega.

Foto: “Motor”

Benzin dvigatelli talqin sakkiz diapazonli avtomatik tezlik uzatish qutisiga ega. Dizelli talqin 6,3 soniyada 100 km/soat tezlikka erishadi.

Foto: “Motor”

Q8 saloniga 10,1 dyuymli displey, haroratni nazorat qilish uchun javob beradigan yana bitta 8,6 dyuymli ekran, shuningdek, 12,3 dyuymli uskunalar paneli o‘rnatiladi. 2019-yilda mashinani smartfon yordamida masofadan boshqarib, garajga kiritish imkoniyati paydo bo‘ladi.

Foto: “Motor”

Foto: “Motor”

Foto: “Motor”

Foto: “Motor”

Qo'shdi: XABAR.INFO
Qo'shilgan vaqt: 11.06.2018 / 07:00
Bosh sahifaga