Yangi avlod Mercedes-Benz GLE’ning surat va videosi paydo bo‘ldi

Germaniyalik bloger walkoArt Shtutgart shahrida yangi avlod Mercedes-Benz GLE krossoverini yopinchiqsiz tasvirga olishga muvaffaq bo‘ldi. Bu mashinaning rasmiy taqdimotiga yaqin qolganligini bildiradi, deb yozmoqda “Motor”.

Foto: “Motor”

Videobloger krossoverni faqat orqa tomondan suratga ola olgan. Yangi mashina avvalgi avloddagi kabi orqa eshikdagi qiya qalin ustunni saqlab qolgani videoda ko‘rinadi. Ko‘rinib turgan asosiy farq — toraytirilgan orqa yoritgichlar hisoblanadi. Bu hozirgi modelning restayling qilingan ko‘rinishini eslatadi, biroq mashinada orqa eshiklardagi farq sezilib turibdi.

Mercedes-Benz GLE’ning yangi avlodi uning asosiy raqobatchisi bo‘lgan to‘rtinchi avlod BMW X5 bilan bir vaqtda taqdim etiladi. Mercedes-Benz GLE’ning amaldagi avlodi 2015-yildan buyon ishlab chiqarilmoqda, biroq amalda esa u 2011-yilda ishlab chiqarilgan to‘liq uzatmali ML’ning biroz yangilangan talqini hisoblanadi.

Qo'shdi: XABAR.INFO
Qo'shilgan vaqt: 11.06.2018 / 07:30
Bosh sahifaga