Piskentda mast haydovchilar boshqarayotgan Matiz va Nexia to‘qnashdi. 4 kishi jarohat oldi

Toshkent viloyatining Piskent tumani hududida D.O. mast holda, hech qanday hujjatlarsiz Matiz mashinasini “Guliston—Ohangaron—Angren—Namangan—O‘sh” yo‘lining 80-kilometrida haydab ketayotib yo‘lni o‘ng tomoniga burilganida YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Foto: IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi

U shu yo‘nalishda asosiy yo‘ldan kelayotgan D.N.ning hech qanday hujjatlarsiz, mast holda boshqaruvida bo‘lgan Nexia avtomashinasiga yo‘l bermasligi oqibatida to‘qnashuv ro‘y beradi.

YTH oqibatida Nexia haydovchisi D.N. va yo‘lovchisi hamda Matiz haydovchisi D.O. va uning mast holda bo‘lgan yo‘lovchisi turli darajadagi tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizildi.

Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Qo'shdi: XABAR.INFO
Qo'shilgan vaqt: 11.06.2018 / 07:27
Bosh sahifaga