Kanadada kamyob holat — uch egiz bug‘ularni ko‘rib qolishdi (foto va video)

Kanadaning Alberta provinsiyasida yashovchi ayol o‘z uyi yaqinida uch bolasi bilan yurgan bug‘uni ko‘rib qoldi, deb yozadi National Geographic.

Foto: National Geographic

Biologlar aniqlik kiritishicha, bunday holat kamyob bo‘lib, yovvoyi tabiatda bug‘ular odatda bitta farzand ko‘radi. Qari urg‘ochilar, shuningdek, juda yaxshi oziqlanadiganlari egizak bola tug‘ishi mumkin, ammo bug‘ularning bir yo‘la uch bolali bo‘lgan holati deyarli ma’lum emas. Shu paytgacha faqat bitta bunday misol qayd etilgan: bir necha yil avval Michigan shtatining Ayl-Royyal milliy bog‘ida uch egiz bug‘uchalar tug‘ilgan edi.

Foto: National Geographic

Kanadalik ayol qayd etgan videoyozuvni izohlar ekan, mutaxassislar bug‘uchalarning hammasi bir vaqtda tug‘ilgan yoki yo‘qligini aniq ayta olmayapti: ba’zan bug‘ular onasi xastalanib qolgan yoki vafot etgan bug‘uchalarni “asrab oladi”. Ammo bu bug‘uchalar kattaligi va yoshiga ko‘ra bir xil ko‘rinishga ega, bu esa ularning qarindoshlik aloqalari borligini taxmin qilish imkonini beradi.

Back again tonight!! How precious are these guys!?! Rare moose triplets residing in Didsbury Alberta. #albertacanada #mybackyard #waitforit

Geplaatst door Randi Ingram op dinsdag 29 mei 2018

Qo'shdi: XABAR.INFO
Qo'shilgan vaqt: 11.06.2018 / 08:29
Bosh sahifaga